Qahva qarishni sekinlatib saratonga qarshi taʼsir koʻrsatishi aniqlandi

Qahva qarishni sekinlatib saratonga qarshi taʼsir koʻrsatishi aniqlandi
Qisqacha

Qahva qarish jarayonini sekinlashtirishi va saratonga qarshi ta'sir ko'rsatishi mumkinligi aniqlandi. Texas A&M University olimlari qahva tarkibidagi polifenollar, xususan, xlorogen kislotasi NR4A1 deb nomlangan maxsus retseptor-oqsilni faollashtirishi orqali hujayralarni stressdan himoya qilishini aniqladilar. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kuniga 3-4 piyola qahva iste'mol qilish biologik qarish jarayonini 5 yilga qadar sekinlashtirishi mumkin. Shunday qilib, qahva nafaqat energiya beruvchi ichimlik, balki hujayra darajasida qayta tiklanish jarayonlarini faollashtiruvchi samarali vosita sifatida e'tirof etilmoqda.

Qahva qarish jarayonini sekinlashtirishi va saratonga qarshi taʼsir koʻrsatishi mumkin — olimlar hujayralarni “yoshartirish” mexanizmini aynan qahva donachalari tarkibida topishdi. Bu borada Texas A&M University olimlari tomonidan oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari eʼlon qilindi.

Tadqiqotchilar qahva tarkibida mavjud moddalar inson organizmidagi NR4A1 deb nomlanuvchi maxsus retseptor-oqsilni faollashtirishini aniqlashdi. Ushbu oqsil hujayralarni stress taʼsiridan himoya qilish, yalligʻlanish jarayonlarini kamaytirish hamda shikastlangan toʻqimalarni qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega.

Maʼlum qilinishicha, qahva tarkibidagi asosiy taʼsir qiluvchi omil kofein emas, balki polifenollar — jumladan, xlorogen kislotalari hisoblanadi. Ushbu moddalar NR4A1 bilan bogʻlanib, hujayralardagi qarish jarayonini sekinlashtirishga xizmat qiladi.

Laboratoriya sharoitida oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, qahva ekstraktlari aynan shu oqsil orqali saraton hujayralarining oʻsishini sekinlashtirish imkoniyatiga ega.

Boshqa ilmiy izlanishlarda esa kuniga 3–4 piyola qahva isteʼmol qilish biologik qarish jarayonini 5 yilgacha sekinlatishi mumkinligi qayd etilgan.

Soʻnggi tadqiqot natijalariga koʻra, qahva nafaqat insonni tetiklashtiruvchi ichimlik, balki hujayra darajasida qayta tiklanish jarayonlarini faollashtiruvchi samarali vosita sifatida ham eʼtirof etilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar