Ronaldu o‘ynamagan o‘yinda Al-Nasr yirik g‘alaba qozondi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Biroq jamoa yetakchisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni Al-Nasr guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozonib, Tojikistonda “Istiqlol”ni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Shu tariqa saudiyaliklar beshta o‘yinning barchasida maksimum ochko jamg‘arib, keyingi bosqichga birinchi o‘rin bilan yo‘l oldi.
Uchrashuvdan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasrning peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda qarsakni qo‘shdi.
Hozir 40 yoshda bo‘lgan Krishtianu Ronaldu Al-Nasr bilan amaldagi shartnomaga ega va u 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shu bilan birga internetda Ronaldu va Tojikiston haqidagi soxta xabar ham muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!