Froynd Upamekano kelajagi bo'yicha qaror yaqin orada chiqadi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma yuzasidan olib borilayotgan muzokaralar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Froyndning aytishicha, klub muzokaralar jarayonini odatda ommaga oshkor qilmaydi va hozir ham batafsil ma'lumot bermoqchi emas. «Biz faqat yaxshi muzokaralar ketayotganini ta'kidlab kelganmiz. Yangilik yo'q. Hech qanday detallar haqida gapirmayman. Qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinadi», — dedi u jurnalistlarga.
Upamekano 2021 yildan beri «Bavariya» safida to'p suradi. Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi kelayotgan yozda yakunlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!