date

Dibala tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va natijalar ma’lum bo‘ldi

Dibala tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va natijalar ma’lum bo‘ldi

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tekshiruv natijalari ijobiy: futbolchida jiddiy jarohat aniqlanmadi, deya xabar bermoqda Pazzidifanta. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentinalik futbolchida faqat lateral kapsula sohasida yengil yallig‘lanish qayd etilgan. Shundan so‘ng Dibala fizioterapiya kursini boshlab, individual mashg‘ulotlar dasturi bo‘yicha ishlamoqda.

32 yoshli futbolchining holati har kuni nazorat qilinadi va aynan qachon maydonga qaytishi bo‘yicha qaror shu monitoring asosida qabul qilinadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Paulo Dibala 22 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Hozirda «Roma» A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dibala tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va natijalar ma’lum bo‘ldi