date

Al-Hilol Nevesh bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin

Al-Hilol Nevesh bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin

“Al-Hilol” klubi tayanch yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan uzoq muddatli yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli portugaliyalikka Yevropaning bir qator jamoalari, jumladan “MYU” va Madridning “Real”i qiziqish bildirayotganiga qaramay, muzokaralar ijobiy yo‘nalishda davom etmoqda. Nevesh 3 yillik yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Nevesh joriy mavsum barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u 6 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Nevesh bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin