date

Al-Ittihod murabbiyi Benzema haqidagi gap-sozlarga munosabat bildirdi

Al-Ittihod murabbiyi Benzema haqidagi gap-sozlarga munosabat bildirdi

Al-Ittihod hujumchisi Karim Benzema payshanba kuni jamoasining navbatdagi uchrashuvida maydonga tushmadi. OAVda fransuz futbolchisi klub taklif qilgan shartnoma uzaytirish shartlari, xususan maosh miqdori past deb ko'rsatilgani sabab o'zini kamsitilgandek his qilgani va shu bois o'ynashdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

38 yoshli forvardning yo'qligi yuzasidan Al-Ittihod bosh murabbiyi Serjiu Konseysau izoh berdi. Uning ta'kidlashicha, Benzema bo'yicha savollarni klub rahbariyatiga yo'naltirish kerak: murabbiy sifatida uning vazifasi jamoani o'yinlarga tayyorlash va sovrinlar yutish. Shu bilan birga, Konseysau Karimni yuqori darajadagi professional va fantastik futbolchi deb atab, uni mashg'ulotlarda boshqarayotgani bilan faxrlanishini aytdi. Bu fikrlarni jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Ayni paytda Al-Ittihod Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Ittihod murabbiyi Benzema haqidagi gap-sozlarga munosabat bildirdi