Ronaldu o'ynamagan o'yinda Al-Nasr yirik g'alaba qozondi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 (Osiyodagi klublar o'rtasidagi ikkinchi darajali turnir) guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, saudiyaliklar yetakchisiz ham barqaror natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni «Al-Nasr» guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozondi: Tojikistonda «Istiqlol» 4:0 hisobida tor-mor etildi va jamoa guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Uchrashuvdan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr»ning peshqadam sifatida navbatdagi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni ulashdi va unga atigi ikki emodzi — olov hamda qarsak — bilan munosabat bildirdi.
40 yoshli hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!