Gleb Arsenal Chempionlar ligasini yutsa xursand bo'laman dedi

Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb, faoliyatida "Arsenal" safida ham to'p surganini eslatib, londonliklarning joriy Chempionlar ligasi mavsumidagi imkoniyatlariga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gleb "kanonirlar" musobaqaning umumiy bosqichini juda yuqori saviyada o'tkazganini tan oldi. Shunga qaramay, uning fikricha, hozircha turnirda aniq bitta favoritni ajratib ko'rsatish qiyin.
"Hammasi 1/8 final ishtirokchilari to'liq ma'lum bo'lgach, aniqroq ko'rinadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo'lmaganda finalgacha borsa, men xursand bo'laman", — dedi Gleb "RB Sport"ga.
Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida ikki hujumkor, o'yin ko'rsatadigan jamoa to'qnash kelishini ko'rishni istashini qo'shimcha qildi.
"Arsenal" Chempionlar ligasining umumiy bosqichini birinchi o'rinda yakunladi va sakkizta uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi. London klubi turnirning yangi formatida buni birinchi bo'lib uddalagan jamoaga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!