The Athletic tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro'yxati keng tarqalmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning ilk o'ntaligi shunday ko'rinish oldi: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani yana bir bor muhokamalarda sezildi. Redditda futbol ishqibozlari qizg'in bahsga kirishdi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rinni olganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing