date

Endrik chetlatildi, Lion baribir Nantni mag'lub etdi

Endrik chetlatildi, Lion baribir Nantni mag'lub etdi

Fransiya Liga 1ning 21-turida Nant o'z maydonida Lionni qabul qildi. Uchrashuv taqdiri bitta gol bilan hal bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yin startida Mohamed Kabaning uzoq masofadan bergan zarbasi to'singa tegib qaytdi. 25-daqiqada esa Afonso Moreyra darvozabonni yenga olmadi, biroq darhol uzatmani sherigiga yetkazdi va Pavel Shults hisobni ochdi — 0:1. Oradan ko'p o'tmay Endrikning xavfli zarbasini ham posbon burchak zarbasiga chiqarib yubordi.

Ikkinchi bo'limda Remi Kabella havodan aniq paslar bilan Yussef el-Arabini bir necha bor hujumga olib chiqdi: forvard bosh bilan to'sinni nishonga oldi, 69-daqiqada esa darvozabonni dog'da qoldirishga juda yaqin keldi. Biroq 59-daqiqada Endrik Demen Tabibuga nisbatan qo'polligi uchun qizil kartochka olib, Lionni bir kishi kam qoldirdi.

Shunga qaramay, Lion kichik tarkibda ham hisobni saqlab qoldi va minimal g'alabani rasmiylashtirdi. Natijada jamoa omadli seriyasini davom ettirib, turnir jadvalida yakka 3-o'ringa ko'tarildi. Nant esa aksincha — pastdan uchinchi pog'onada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik chetlatildi, Lion baribir Nantni mag'lub etdi