The Athletic reytingida tarixning eng zo'r futbolchisi e'lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi eng kuchli 100 futbolchi ro'yxati keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning kuchli o'ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday ro'yxatni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani tabiiy. Reddit'dagi izohlarda futbol ixlosmandlari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi. Ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi.
Shuningdek, darvozabon afsonasi Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing