Maynts yetakchisi Amiri penaltilarda Mbappeni quvlab bormoqda

Germaniya Bundesligasining 21-tur uchrashuvida "Maynts" o'z maydonida "Augsburg"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Qiziq tomoni, bahsdagi har ikki gol ham penaltidan kiritildi va ikkala imkoniyatni ham yarim himoyachi Nadim Amiri aniq amalga oshirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Joriy mavsumda Amiri hisobida 9 ta gol bor, shundan 7 tasi 11 metrlik nuqtadan urilgan. Penalti gollari soni bo'yicha u Yevropada faqat bir futbolchidan ortda: madridning "Real"ida to'p surayotgan Kilian Mbappe hozircha 8 marta penaltini golga aylantirgan. Ayni paytda "Maynts" Bundesliga turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing