date

Ronaldu o'ynamagan o'yinda Al-Nasr g'alabasini olqishladi

Ronaldu o'ynamagan o'yinda Al-Nasr g'alabasini olqishladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar Ligasi 2 (Osiyoning klublar o'rtasidagi ikkinchi darajali turniri) guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” yetakchisiz ham o'z vazifasini bajaryapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya Arabistoni klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozondi — Tojikistonda “Istiqlol” 4:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratildi. Natijada “Al-Nasr” guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Uchrashuvdan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr”ning pley-offga birinchi o'rindan chiqqani haqidagi postni ulashdi va unga ikki emoji — olov hamda qarsak belgisini qo'shdi.

40 yoshli hujumchining “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu o'ynamagan o'yinda Al-Nasr g'alabasini olqishladi