Liga 1da Anje va Gavr g'alaba qozondi, Osser durang o'ynadi

Fransiya Liga 1ning 21-turi doirasida bir nechta uchrashuvlar yakunlandi. Osser va Parij jamoalari teng kurash olib borgan bo'lsa-da, hujumda kutilgan samaradorlikni ko'rsata olmadi — 0:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anje esa Tuluza bilan bahsda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi: uchrashuv taqdirini 89-daqiqadagi yagona gol hal qildi — 1:0.
Gavr — Strasburg to'qnashuvi esa gollarga boy kechdi. Mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi, mehmonlar esa taxminan bir soat davomida bir kishi kam bo'lib harakat qilishiga to'g'ri keldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing