Inter Sassuologa qarshi o'yin uchun tarkibni e'lon qildi

Italiya A Seriyasining 24-turi doirasida yakshanba oqshomida «Sassuolo» va «Inter» o'zaro to'qnash keladi. Milan klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu uchrashuvni quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Inter (asosiy tarkib): Zommer, Bissekk, Akandji, Bastoni, Dimarko, Enrike, Suchich, Zelinski, Mhitaryan, Tyuram, Lautaro Martines.
«Sassuolo» — «Inter» bahsi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Uchrashuvni batafsil matnli translyatsiya orqali LiveResult portalida kuzatish mumkin.
Hozirda «Inter» A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Milan» qo'shnilaridan 5 ochko ortda boryapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing