Baumgartner dubli Leipzigga Ko'ln ustidan g'alaba keltirdi

Bundesliganing 21-turida Ko'ln o'z maydonida RB Leipzigni qabul qildi va keskin bahs 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning ilk daqiqalarida Said el-Mala xavfli vaziyat yaratdi, biroq darvozabon ishonchli o'ynadi. Oradan ko'p o'tmay David Raum zarbasi ham posbonni ishga soldi, hujum davomida Romulo Kruz to'pni ustunga tekkizib yubordi. Qulay imkoniyatga ega bo'lgan Ksaver Shlager esa jarima maydoni ichidan juda noaniq tepdi. 29-daqiqada Ko'ln darvozaboni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Kristof Baumgartner bosh bilan hisobni ochdi — 0:1.
Ikkinchi taym boshida Yan Tilmann faollikni oshirib, tashabbusni o'z qo'liga oldi va hisobni tenglashtirdi — 1:1. Besh daqiqa o'tib Shlager hujumni keskinlashtirdi, Baumgartner esa yana bir bor aniq yakunlab, Leipzigni yana oldinga olib chiqdi — 1:2. Yakub Kaminskiyda muvozanatni tiklash uchun imkoniyat bo'ldi, ammo uning zarbasi omadsiz chiqdi.
Ushbu g'alabadan so'ng RB Leipzig Stuttgartni ortda qoldirib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. Ko'ln esa 10-pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!