Dyson yangi aqlli havo tozalagichini taqdim etdi

Dyson kompaniyasi o‘zining havo tozalagichlar va ventilyatorlar turkumini yangi Find+Follow Purifier Cool modeli bilan kengaytirdi. Qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi sun’iy intellekt bilan jihozlangan o‘rnatilgan kameradir. Tizim xonadagi odamlarning harakatini aniqlaydi va ventilyatorning havo oqimi yo‘nalishini avtomatik ravishda o‘zgartiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Find+Follow funksiyasi qurilma ishini yanada shaxsiylashtiradi: agar xonada bir kishi bo‘lsa, havo oqimi aynan unga yo‘naltiriladi. Agar odamlar ko‘p bo‘lsa, tizim havo oqimini teng taqsimlash uchun qamrov zonasini kengaytiradi. Dyson ma’lumotlariga ko‘ra, video tasvirlar serverga yuborilmaydi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmaning o‘zida tahlil qilinib, darhol o‘chirib tashlanadi.
Yangi model havoni tozalashning an’anaviy funksiyalarini ham bajaradi: u yoqimsiz hidlar, uchuvchi organik birikmalar, azot dioksidi va 0,3 mikrongacha bo‘lgan zarrachalarni samarali yo‘qotadi. Old paneldagi yumaloq displeyda havo sifati ko‘rsatkichlari real vaqt rejimida aks etadi, tungi rejimda esa ekran yorug‘ligi xiralashadi.
Qurilmani MyDyson mobil ilovasi orqali boshqarish mumkin. Garchi model alohida isitish yoki sovutish elementlariga ega bo‘lmasa-da, kuchli havo oqimi hisobiga issiq havoda sezilarli salqinlik effektini bera oladi. Hozirda Dyson Find+Follow Purifier Cool AQSh bozorida 895 dollar narxida sotuvga chiqarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!