Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi va safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub xabariga ko‘ra, tekshiruvlar chog‘ida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor»dagi debyutini 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan, uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan. Uning jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash olib bormoqda. Makarov avvalroq Moskvaning «Dinamo»sida o‘ynagan va klubni erkin agent sifatida tark etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing