The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchilari aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng zo'r futbolchi ro'yxati keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning kuchli o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani yana bir bor ko'rindi: Reddit’dagi izohlarda futbol ishqibozlari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi. Ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening faqat uchinchi o'rin bilan cheklangani bilan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing