Lion barcha turnirlarda ketma-ket 12-g'alabasini qo'lga kiritdi

Fransiyada «Lion»ning ajoyib seriyasi davom etmoqda. Paulu Fonseka boshqaruvidagi jamoa bu safar Bretanda «Nant» maydonida minimal hisobda g'alaba qozondi: «tqachilar» bitta gol urib, uch ochkoni olib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija «Lion» uchun barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 12-g'alaba bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Fonseka avval «Milan»da kutilgan darajada ishlay olmagandi, «Lion»dagi faoliyati boshida esa uzoq muddatli diskvalifikatsiya ham olgan. Endi esa u qaytdi va klub Liga 1 turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing