The Athletic tarixiy reytingi Messi va Maradonani oldinga chiqardi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi eng kuchli 100 nafar o‘yinchi reytingi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro‘yxatning kuchli o‘ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Йohan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish mushkul ekani ta’kidlanmoqda. Reddit’dagi izohlarda futbol muxlislari o‘rtasida keskin bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo‘lgan Pelening nega faqat uchinchi o‘rinda qolganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog‘onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing