Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlab ijobiy natijalar ko'rsatdi. Biroq keyinroq uning atrofida salbiy fon kuchaya boshladi: muammo o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislarning noroziligi bilan bog'liq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati forumlarida «Rosario Sentral» futbolchisi tez-tez yiqilib, fol ishlatishga urinayotgani va jarima zarbasi yoki penalti “so'rayotgani” haqida e'tirozlar ko'paygan. Ayrimlar di Mariyaning bunday harakatlari uchun hakamlar tomonidan deyarli ogohlantirilmasligini ham tanqid qilib, yulduz maqomiga qaramay, bu uslub tobora ko'proq asabiylashtirayotganini yozmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing