date

"Bevafo": Munisa Rizayevaning allaqachon ommalashgan qo'shiq premyerasi tez kunda

"Bevafo": Munisa Rizayevaning allaqachon ommalashgan qo'shiq premyerasi tez kunda

Xonanda Munisa Rizayeva uzoq kutilgan “Bevafo” qo‘shig‘ining premyera sanasini rasman ma’lum qildi. San’atkor bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislariga xabar berdi.

Munisa Rizayeva postida: “'Bevafo' 22.05 Tez kunda…” deya qisqa izoh qoldirgan. Ushbu e’lon qisqa vaqt ichida muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’lumki, qo‘shiq hali to‘liq e’lon qilinmasidan oldin ham internetda trendga aylanishga ulgurgan edi. Tarqalgan qisqa parchalar va videolar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinib, ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan ishlatildi.

Muxlislar ayniqsa taronaning ohangi va Munisa Rizayevaning yangi uslubini iliq kutib olmoqda. Ayrim foydalanuvchilar “Bevafo” yilning eng mashhur qo‘shiqlaridan biriga aylanishi mumkinligini yozmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » "Bevafo": Munisa Rizayevaning allaqachon ommalashgan qo'shiq premyerasi tez kunda