Redmi Turbo 5 global bozorda: tezlik va quvvat uyg‘unligi

Redmi o‘zining yangi Redmi Turbo 5 smartfonini global bozorga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Internetda paydo bo‘lgan ilk tizerlar qurilmaning tez orada taqdim etilishidan darak beradi. Amazon India platformasida «coming soon» maqomi bilan paydo bo‘lgan sahifa smartfonning Hindiston bozoriga kirib kelishini tasdiqlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qizig‘i shundaki, Redmi Turbo 5 modelining muqobil versiyalari Poco X8 Pro va Poco X8 Pro Max nomlari ostida ham mavjud. Mutaxassislarning fikricha, kompaniya bir xil qurilmalarni turli nomlar bilan sotish orqali global auditoriyani qamrab olishni maqsad qilgan.
Smartfon texnik jihatdan juda ilg‘or: 6,59 dyuymli OLED displey 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini taqdim etadi. Qurilma Dimensity 8500-Ultra protsessori, Android 16 operatsion tizimi va HyperOS 3 qobig‘i bilan jihozlangan.
Batareya quvvati 7560 mA/soatni tashkil etib, 100 vattli simli va 27 vattli simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, model IP68/IP69 himoya standartiga ega bo‘lib, metall korpus va sifatli kamera tizimi bilan ajralib turadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!