Roberto Karlos Ronalduning 1000 golga intilishiga baho berdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos 41 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1000 ta gol urish marrasiga yaqinlashayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karlosning ta'kidlashicha, Ronaldu muxlislari uchun uning yangi tarix yozib, rekordlarni yangilab borayotganini tomosha qilish juda yoqimli. Unga ko'ra, 1000 ta gol urgan futbolchilar orasida hozircha Pele yagona bo'lib turibdi, biroq Ronaldu ham bu ro'yxatni kengaytirishi mumkin.
Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistonidagi jamoasi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xabar qilinishicha, u Saudiya ligasi ichidagi transfer siyosatidan norozi bo'lgani sabab «Al-Nasr»ning so'nggi uchrashuvlarida ishtirok etmay, o'yinlarni boykot qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!