Glushakov Safonovning PSJdagi o'yinlarini yuqori baholadi

Rossiya terma jamoasi va Moskvaning «Spartak» klubi sobiq yarim himoyachisi Denis Glushakov fransuzning «PSJ» jamoasida to'p surayotgan darvozabon Matvey Safonovning so'nggi chiqishlariga fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Glushakov Safonovning doim e'tibor markazida bo'layotgani va maydonda ishini to'liq darajada bajarayotganini ta'kidladi. U darvozabonga muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirishini tiladi, deb xabar berdi Metaratings.ru.
Kecha Liga 1 doirasida «PSJ» — «Marsel» uchrashuvida rossiyalik posbon asosiy tarkibda maydonga tushdi. Safonov darvozasini daxlsiz saqlab qoldi, parijliklar esa 5:0 hisobida yirik g'alabani rasmiylashtirdi.
Transfermarkt portali Matveyni 15 million yevroga baholamoqda. Uning «PSJ» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!