date

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi

Belaruslik sobiq futbolchi Aleksandr Gleb «Arsenal»ning joriy Chempionlar ligasi mavsumida g‘olib chiqish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning aytishicha, «kanonirlar» musobaqaning umumiy bosqichini juda yuqori saviyada o‘tkazdi. Shunga qaramay, u hozircha turnirning aniq favoritini ajratish qiyinligini ta’kidladi.

«Hammasi 1/8 final ishtirokchilari ma’lum bo‘lgach, aniqroq ko‘rinadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo‘lmasa finalgacha yetib borsa, men xursand bo‘laman», — dedi Gleb.

Shuningdek, u Chempionlar ligasi finalida himoyaga berilib ketmay, ochiq va hujumkor futbol ko‘rsatadigan ikki jamoani ko‘rishni istashini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» Chempionlar ligasining umumiy bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi va barcha sakkiz uchrashuvda g‘alaba qozondi. «Kanonirlar» turnirning yangi formatida buni uddalagan ilk klub bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi