Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to‘p namoyish etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda o‘zaro to‘qnashib, 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqib bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘p dizaynini taqdim etdi. To‘p qoramtir ranglarda ishlangan bo‘lib, unda oq yulduzlar tasviri bor. U Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026-yilgi mavsum finali Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. “Quloqdor” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv shanba, 30-may kuni o‘tkaziladi.
Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratib, kubokni qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!