date

Nail El-Ainaoui o'yin amaliyoti kamligi sababli "Roma"ni tark etishga qaror qildi

Nail El-Ainaoui o'yin amaliyoti kamligi sababli "Roma"ni tark etishga qaror qildi

Marokashlik yarim himoyachi Nael El-Ainaoui Italiyaning "Roma" klubidagi kelajagi borasida bir qarorga kelish arafasida turibdi. Futbolchi Rim klubida yetarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli jamoani tark etish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Marokash terma jamoasi a'zosi o'tgan yozda Fransiyaning "Lens" klubidan 23 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Uning rimliklar bilan imzolagan shartnomasi 2030-yilga qadar amal qiladi, biroq asosiy tarkibdagi raqobat uning rejalariga ta'sir o'tkazmoqda.

Radio Roma nashri xabariga ko'ra, yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq u bor-yo'g'i 8 marta asosiy tarkibda qayd etilgani va jami 1 362 daqiqa harakat qilgani futbolchini qoniqtirmayapti.

23 yoshli futbolchi o'z hisobiga bitta gol va bitta assist yozdirib qo'yishga ulgurdi. Shunga qaramay, u "Roma" safida o'z o'rnini mustahkamlay olmadi va sport formasini saqlab qolish uchun boshqa klubga o'tishni afzal ko'rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nail El-Ainaoui o'yin amaliyoti kamligi sababli "Roma"ni tark etishga qaror qildi