date

«Manchester Yunayted» gʻalaba qildi, Fernandesh rekordga yaqinlashdi

«Manchester Yunayted» gʻalaba qildi, Fernandesh rekordga yaqinlashdi

Angliya Premer-ligasining 34-turini yakunlab bergan bahsda «Manchester Yunayted» oʻz maydonida «Brentford»ni qabul qilib, muhim gʻalabaga erishdi. «Old Trafford»dagi uchrashuv mezbonlar ustunligida oʻtdi va 2:1 hisobida yakunlandi.

Oʻyin boshidayoq «qizil iblislar» tashabbusni qoʻlga oldi. 11-daqiqada Kazemiro hisobni ochib, jamoani oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlim oxirida esa Sheshko raqib darvozasini yana bir bor ishgʻol qilib, farqni ikki toʻpga yetkazdi.

Ikkinchi boʻlimda «Brentford» qarshi hujumlar orqali intrigani saqlab qolishga harakat qildi. 87-daqiqada Yensen hisobni qisqartirdi, ammo vaqt mehmonlarga kamlik qildi va mezbonlar ustunlikni saqlab qoldi.

Uchrashuvda alohida eʼtibor markazida Brunu Fernandesh boʻldi. U ushbu bahsda yana bir golli uzatma berib, mavsumdagi assistlari sonini 19 taga yetkazdi. Shu tariqa, u Terri Anri va Kevin de Bryuyne oʻrnatgan 20 ta assistlik rekordiga juda yaqinlashdi.

APL. 34-tur
Mknchester Yunayted — Brentford 2:1
27 aprel, «Old Trafford»
Gollar: Kazemiro (11), Sheshko (43) — Yensen (87).
Manchester Yunayted — Lammens, Dalot, Maguayr, Heven, Shou (Yoro, 74), Kazemiro, Maynu, Fernandesh, Mbeumo (Maunt, 74), Diallo (Mazraui, 46), Sheshko (Zirkze, 88).
Brentford — Kelleher, van den Berg, Kollinz, Yensen, Kayode, Lyuis-Potter, Yarmolyuk, Damsgor, Shade (Nelson, 73), Uattara, Tiago.
Ogohlantirishlar: Shou (6), van den Berg (40), Uattara (71), Tiago (76), Zirkze (90+2), Kollinz (90+6).

Natijada Kerrik boshchiligidagi «Manchester Yunayted» ochkolarini 61 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-oʻrinni mustahkamladi. Jamoa deyarli Chempionlar ligasi yoʻllanmasini hal qildi va keyingi turda buni rasmiylashtirishi mumkin.

«Brentford» esa 48 ochko bilan 9-pogʻonada qoldi va yuqori oʻrinlar uchun kurashda imkoniyatlarini qisqartirib qoʻydi.

Qisqacha aytganda, «Yunayted» oʻz ishini qildi, Fernandesh esa rekordga “qadam qoldi” holatida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» gʻalaba qildi, Fernandesh rekordga yaqinlashdi