Malenning xet-trigi «Roma»ga «Piza» ustidan g'alaba keltirdi

Donell Malen "Roma" jamoasida "Piza"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi va jamoasining 3:0 hisobida g'alaba qozonishiga yordam berdi. O'yin "Stadio Olimpico"da o'tdi va Malenning o'yini sport mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. U A Seriya tarixida bitta o'yinda uchta gol urgan beshinchi niderlandiyalik futbolchi bo'ldi va hozirgi kunda 12 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi.
"Roma" hujumchisi Donyell Malen Italiya chempionatining navbatdagi turida "Piza"ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatdi. "Stadio Olimpiko"da o'tgan bahsda niderlandiyalik futbolchi raqib darvozasiga uchta gol urib, jamoasining 3:0 hisobidagi g'alabasini ta'minladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Italiya sport nashrlari hujumchining o'yinini yuqori baholadi. Xususan, La Gazzetta dello Sport nashri Malenga 8,5 ball qo'yib, uning barcha kutganlardan o'zib ketganini ta'kidladi.

Sky Italia esa futbolchiga 9 ball berib, uni uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb e'lon qildi.
Corriere dello Sport nashri Malenning mahoratini braziliyalik Ronaldoga qiyosladi. Uning xet-triki ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo'ldi.
Malen A Seriya tarixida bitta o'yinda uchta gol urishga muvaffaq bo'lgan beshinchi niderlandiyalik futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" Malenni o'tgan qishda "Aston Villa"dan ijaraga olgan edi. Hozirga qadar u Italiya chempionatining 12 ta uchrashuvida 10 ta gol urishga erishdi va to'purarlar poygasida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.






























Izohlar 0
…