Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yomon 10 nafar murabbiy ro'yxati e'lon qilindi

1 daqiqa o'qish259
Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yomon 10 nafar murabbiy ro'yxati e'lon qilindi

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng omadsiz murabbiylar ro'yxati shakllantirildi. Ushbu ro'yxatdan nafaqat past natija qayd etgan, balki kutilmalarni mutlaqo oqlay olmagan mutaxassislar joy oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Xususan, «Manchester Yunayted» sobiq ustozi Devid Moyes ushbu ro'yxatning yuqori pog'onalaridan birini band etdi.

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yomon 10 nafar murabbiy ro'yxati e'lon qilindi

Moyes Aleks Fergyusonning vorisi sifatida chempion jamoani qabul qilib olgan edi. Biroq u «Manchester Yunayted» falsafasini saqlab qola olmadi va klubning uzoq yillik inqiroziga poydevor qo'ydi.

Nashrning qayd etishicha, aynan Moyes davridan boshlab jamoada muvaffaqiyatsizliklar seriyasi boshlangan.

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yomon 10 nafar murabbiy ro'yxati e'lon qilindi

Tajribali Roy Xodjsonning «Uotford»dagi faoliyati ham keskin tanqidga uchradi. U jamoani ligada olib qolishi kerak edi, biroq vaziyatni yanada og'irlashtirdi.

Xodjson nafaqat natija ko'rsata olmadi, balki muxlislar bilan munosabatlarni ham yomonlashtirib, birorta uy g'alabasini qo'lga kiritmasdan iste'foga chiqarildi.

«Chelsi»da qisqa muddat ishlagan Liam Rosenior ham antireytingga kirdi. U «Xall Siti»dan haydalganidan so'ng kutilmaganda London klubiga tayinlangan edi.

Rosenior beshta o'yinda ketma-ket gol ura olmay mag'lub bo'lgach, uch yarim oydan so'ng o'z lavozimidan mahrum bo'ldi.

Shuningdek, Pol Juellning «Derbi Kaunti»dagi faoliyati ham eng yomonlar qatorida sanab o'tildi. U jamoani qabul qilib olgach, birorta ham g'alaba qozona olmadi.

Natijada klub rekord darajadagi eng past — 11 ochko bilan ligani tark etishga majbur bo'lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?