Sir saqlangan nikoh: Azamat Ahrorov hayotidagi eng shok voqealar

2 daqiqa o'qish3.3K
Sir saqlangan nikoh: Azamat Ahrorov hayotidagi eng shok voqealar
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aзамат Аҳроров ва Дилноза Аҳророва YouTube’даги "Иккаламиз" кўрсатувида оилавий ҳаёти ҳақида очиқ гапирдilar.
  • Аҳроров оиласини яшirishнинг сабаблари сифатида мухлислар реакциясидан қочишни ва фитналардан холи бўлишни кўрсатdi.
  • Унинг тўйи давомида жанжал ва пичоқбозликкача борган воқеа оилавий ҳаётини оммадан яшirishга сабаб бўлган.
  • Аҳроров, фарзандли бўлганидан кейин, ўзини жиддий ўзгартirganini ва қиморга боғлиқлик билан курашишини таъкидлади.

Taniqli aktyor va rejissyor Azamat Ahrorov hamda uning turmush oʻrtogʻi Dilnoza Ahrorova YouTube’dagi “Ikkalamiz” koʻrsatuvida ishtirok etib, uzoq yillar davomida sir saqlangan shaxsiy hayoti, oilaviy qarorlari va oʻtmishdagi xatolari haqida ochiq gapirdi.

Oila sir saqlanganining asl sababi

Aktyorning aytishicha, u oila qurganini jamoatchilikdan yashirishiga jiddiy sabab boʻlmagan. Ammo muxlislar reaksiyasi va turli gap-soʻzlardan qochish maqsadida bu qaror qabul qilingan:

— Oila qurmasdan turib ijodni boshlaganim uchun muxlislar bunga tayyor emas deb oʻyladim. Shuningdek, turli fitnalar, ortiqcha gap-soʻzlardan qochish uchun ham buni sir tutganmiz. Faqat qizli boʻlganimdan keyin ommaga oshkor qildim, — deydi u.

Toʻydagi janjal va kutilmagan voqea

Aktyor Xorazmda oʻtgan toʻy marosimi kutilmagan holat bilan yodda qolganini ham eslab oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, katta toʻyda janjal kelib chiqqan va hatto pichoqbozlikkacha borgan:

— Toʻyga minglab mehmonlar kelgandi. Afsuski, ikkinchi qismida janjal chiqib ketdi. Hatto pichoq ishlatilgan holatlar boʻldi. Oʻshanda doʻstlarim bilan tezda u yerdan ketishga majbur boʻlganmiz, — deydi Ahrorov.

Aynan shu kabi holatlar ham uning oilasini maʼlum vaqt ommadan yashirishiga sabab boʻlgan.

Rafiqasining munosabati

Dilnoza Ahrorova esa bu qarorni toʻliq qoʻllab-quvvatlaganini aytdi:

— Men uchun odamlar fikridan koʻra shaxsiy hayotim muhim edi. Bir-birimizni tushunib, shunday qaror qilganmiz. Asosiysi — oila tinchligi, — deydi u.

Tanishuv va oila qurish tarixi

Juftlik kino orqali tanishgan. Azamat Ahrorov rejissyor sifatida ishlayotgan paytda Dilnoza kastingga kelgan. Keyinchalik u filmlarda ishtirok etgan va shu orqali munosabatlar rivojlangan.

— Uning xarakteri, odob-axloqi menga maʼqul kelgan. Shuning uchun oila qurishga qaror qilganman, — deydi aktyor.

Oilaviy hayot va oʻzgarishlar

Sir saqlangan nikoh: Azamat Ahrorov hayotidagi eng shok voqealar

Aktyor oʻz hayotidagi ayrim xato odatlardan voz kechganini ham tan oldi. Ayniqsa, farzandli boʻlgandan keyin oʻzini jiddiy oʻzgartirganini taʼkidladi:

— Qiz farzandli boʻlganimdan keyin koʻp narsalarga boshqacha qaray boshladim. Oilam uchun oʻzimni tartibga soldim, — deydi u.

Qimorga bogʻliqlik haqida ochiq gap

Shu bilan birga, u hali ham toʻliq yengolmagan odati — qimor haqida ham ochiq soʻzladi:

— Boshqa yomon odatlarni tashladim, lekin qimordan toʻliq chiqib ketish qiyin boʻlyapti. Bu men uchun jiddiy masala, — deydi aktyor.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?