Malenning xet-triki "Roma"ga navbatdagi g'alabani keltirdi

Malenning xet-triki "Roma"ga navbatdagi g'alabani keltirdi
Qisqacha

"Roma" jamoasi "Piza"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi. O'yin qahramoni Donell Malen uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. U o'yin davomida 3-daqiqada hisobni ochdi va keyinchalik ikki marta gol urdi. Hozirda Malen A Seriyada 14 ta o'yinda 11 gol urib, to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinda bormoqda.

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Roma" o'z maydonida "Piza" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv rimliklarning 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

O'yin qahramoniga aylangan niderlandiyalik hujumchi Donyell Malen raqib darvozasiga uchta gol urib, xet-trik qayd etdi.

Malen hisobni uchrashuvning 3-daqiqasida ochishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida u Devayn Renshning uzatmasidan so'ng dublini nishonladi.

Tanaffusdan so'ng Matias Soule tomonidan yetkazib berilgan to'pni darvozaga joylagan hujumchi o'zining uchinchi golini urdi.

Hozirda Malen "Roma" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga erishdi. U A Seriya to'purarlari ro'yxatida 10 ta gol bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Undan faqat Lautaro Martines (16 gol) va Anastasios Duvikas (11 gol) oldinda joylashgan.

Eslatib o'tamiz, Malen yanvar oyida "Aston Villa"dan ijara asosida Rim klubiga o'tgan edi. Agar "Roma" mavsum yakunida Yevrokuboklarga yo'llanma olsa, futbolchini 25 million yevro evaziga sotib olish huquqiga ega bo'ladi.

Hujumchi Niderlandiya terma jamoasi safida ham faol ishtirok etib, 51 ta o'yinda 13 ta gol urgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar