"Aston Villa" 2026-27-yilgi mavsum uchun liboslar dizaynini butunlay o'zgartiradi

"Aston Villa" klubining 2026-27-yilgi mavsum uchun mo'ljallangan yangi liboslari haqida dastlabki ma'lumotlar paydo bo'ldi. "Adidas" kompaniyasi ketma-ket uchinchi mavsum davomida Birmingem klubi uchun ekipirovka yetkazib berishda davom etadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Klubning yangi uy libosi dizaynida jiddiy o'zgarishlar kutilmoqda. Xabarlarga ko'ra, jamoa deyarli o'n yillik an'anadan voz kechib, moviy yengli to'q qizil rangli klassik ko'rinish o'rniga 1969-yilgi retro uslubga qaytadi.
Yangi futbolka to'liq to'q qizil rangda bo'lib, oq shorti va moviy paypoqlar bilan to'ldirilishi taxmin qilinmoqda.
Mehmon libosi qora rangda saqlanib qoladi, biroq unga uch xil rangdagi detallar qo'shiladi. Shuningdek, ushbu to'plamda klubning to'liq logotipi o'rniga faqat sher tasviri tushirilgan ramzdan foydalanilishi mumkin.
Uchinchi libos esa "Villa Park" stadioni darvozalaridan ilhomlangan naqshlar bilan oq yoki och moviy rangda bo'lishi aytilmoqda.
Yangi to'plamlarning sotuvga chiqishi 2026-yilning may oyi oxiri yoki iyun oyi boshiga rejalashtirilgan. Liboslarning narxi nusxa (replica) variantlar uchun 80 funtdan, futbolchilar kiyadigan original (authentic) versiyalar uchun esa 110 funtdan boshlanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!