Sherzod Temirov 24-golini urdi: «Erbil» dramatik gʻalabaga erishdi

Sherzod Temirov 24-golini urdi: «Erbil» dramatik gʻalabaga erishdi
Qisqacha

Sherzod Temirov "Erbil" klubida 24-golini urdi va jamoasi "Al Talaba"ga qarshi 3:2 hisobida g'alaba qozondi. O'yin juda qiziqarli va golga boy bo'lib, har ikki jamoa hujumkor o'yin ko'rsatdi. Temirov ushbu o'yinda jamoasining uchinchi golini urib, joriy mavsumda 17-o'yinida 24-golga erishdi. "Erbil" endi 63 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda, "Al Talaba" esa 5-o'rinda qolmoqda.

Iroq chempionatining 31-turi doirasida «Erbil» klubi safarda «Al Talaba»ga qarshi maydonga tushib, gollarga boy va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Uchrashuv haqiqiy trillerga aylandi. Har ikki jamoa hujumkor oʻyin namoyish etib, muxlislarga sermahsul futbol taqdim etdi. Mehmonlar safida Kabrera va Barkoning gollariga qoʻshimcha tarzda Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Sherzod Temirov ham oʻz hissasini qoʻshdi.

Temirov ushbu bahsda jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilib, joriy mavsumdagi 17-oʻyinida 24-golini urdi. Bu natija uning hozirgi formasi yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Mezbonlar ham javobsiz qolmadi. Abdulzahro va Msuva gollari orqali intriga soʻnggi daqiqalargacha saqlanib qoldi. Biroq «Erbil» ustunlikni saqlab qolib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Iroq chempionati. 31-tur
Al Talaba — Erbil 2:3
27 aprel, Bagʻdod.
Gollar: Abdulzahro (68), Msuva (80) — Kabrera (41), Barko (63), Temirov (78).

Ushbu natijadan keyin «Erbil» ochkolarini 63 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-pogʻonani mustahkamladi. «Al Talaba» esa 38 ochko bilan 5-oʻrinda qoldi.

Qisqacha aytganda, Temirov “formada” — raqiblar uchun haqiqiy boshogʻriqqa aylanyapti.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar