date

"Nyukasl Yunayted" Voltemadeni tezda sotib yubormoqchi

"Nyukasl Yunayted" Voltemadeni tezda sotib yubormoqchi

"Nyukasl Yunayted" klubi rekord darajadagi transfer hisoblangan hujumchi Nik Voltemadeni tez orada sotib yuborish masalasini ko'rib chiqmoqda. Britaniyaning "The Telegraph" nashri tahliliga ko'ra, jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklariga aynan hujum chizig'idagi sustkashlik sabab bo'lmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub rahbariyati Germaniyaning "Shtutgart" jamoasidan 75 million yevro evaziga sotib olingan futbolchi borasida xatoga yo'l qo'yganini tan olishi kerakligi aytilmoqda. Tahlilchilar Voltemadening tezligi pastligi, to'p nazorati va yakuniy zarbalardagi kamchiliklarini tanqid ostiga olishgan.


Ushbu tanqidiy maqola muallifi Lyuk Edvards bosh murabbiy Eddi Xauga yaqin shaxs hisoblangani sababli futbol jamoatchiligida katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Maqola e'lon qilingach, Voltemade o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan klubga tegishli barcha ma'lumotlarni o'chirib tashladi.

Hozirda Premyer-ligada 14-o'rinda borayotgan "Nyukasl" murabbiyi Eddi Xau esa futbolchini himoya qilib chiqdi. Uning so'zlariga ko'ra, Voltemade o'ziga xos iqtidorga ega va uning ijodkorligi jamoa uchun muhim hisoblanadi.

So'nggi o'yinlarda Voltemade o'zi uchun notanish bo'lgan yarim himoya chizig'ida harakat qilmoqda. "Arsenal"ga qarshi kechgan bahsda ham u zaxiradan maydonga tushdi, biroq jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Nyukasl Yunayted" Voltemadeni tezda sotib yubormoqchi