Mikel Merino operatsiyadan keyin muxlislarga murojaat qildi

«Arsenal» yarim himoyachisi Mikel Merino oyog‘idagi jiddiy jarohatdan so‘ng jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Futbolchi shifoxona palatasidan olingan suratni ijtimoiy tarmoqlarda ulashib, holati haqida qisqa izoh qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Merinoning aytishicha, operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan. U qaytish sari yana bir qadam tashlaganini ta’kidladi va qo‘llab-quvvatlov xabarlari uchun barchaga minnatdorlik bildirdi: bu unga tiklanish jarayonida yanada ko‘proq kuch berayotganini yozdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Merino 33 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urdi va 3 bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi.
«Arsenal» APLda peshqadamlik qilmoqda va klub 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo‘lishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!