Uvarov Rossiyaga UYEFAdagi ehtimoliy raqibni aytdi

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Uvarov bu yil Rossiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkinligini ta’kidladi. Hozirda Uvarov Tel-Avivning «Makkabi» klubi yoshlar jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘yin uchun jiddiy to‘siqlar yo‘q. Uvarov Metaratings nashriga bergan izohida, agar Rossiya tomoni tashabbus ko‘rsatsa, 2026 yilda Rossiya va Isroil terma jamoalari bahsini ko‘rishimiz mumkinligini aytgan.
Shu bilan birga, Uvarov Rossiya va Isroil futbol federatsiyalari o‘rtasidagi munosabatlar juda yaxshi ekanini ham qayd etdi.
Ma’lumki, Rossiya terma jamoasi sanksiyalar sharoitida hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkaza oladi. Mart oyidagi navbatdagi yig‘inga raqiblar esa hali e’lon qilinganicha yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!