date

Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi

Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi

Fransiyaning «Renn» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Habib Bey hamda uning yordamchilarini vaqtincha ishidan chetlatganini ma’lum qildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy saytida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Beyning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaguncha, mashg‘ulotlarga Sebastyan Tambure, Per-Aleksandr Lelyevr va Maksim Le Marshan mas’ul bo‘ladi. Bunday qarorga so‘nggi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalar sabab bo‘ldi: jamoa ketma-ket to‘rtta bahsda mag‘lub bo‘lib, umumiy hisobda 1:12 natija qayd etdi.

Hozirda «Renn» chempionat jadvalida 21 turdan keyin 31 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda. Habib Bey klubda 2025 yil yanvaridan beri ishlayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi