The Athletic tuzgan reytingda tarixning eng zoʻri aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi roʻyxati keng muhokamaga sabab boʻlmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning kuchli oʻnligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash, Mishel Platini.
Bunday roʻyxatni mutlaqo xolis tuzish qiyinligi ham sezildi: Reddit’da futbol ishqibozlari qizgʻin bahsga kirishdi. Ayrimlar uch karra jahon chempioni bo‘lgan Pelening faqat uchinchi o‘rinni egallaganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pogʻonadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing