Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning "Kayserispor" klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov noma’lum muddatga jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tekshiruvlar natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushaklar guruhida yengil jarohat va shish aniqlangani ma’lum qilindi. Klub bayonotiga ko‘ra, hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov "Kayserispor" safida 3 fevral kuni "Galatasaroy"ga qarshi uchrashuvda debyut qilgandi. O‘sha bahs 0:4 hisobida yakunlangan, uning jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning "Dinamo" klubida o‘ynagan va u yerdan erkin agent sifatida ketgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!