Android foydalanuvchilarni doomscrolling'dan himoya qiluvchi funksiyani taqdim etdi

1 daqiqa o'qish147
Android foydalanuvchilarni doomscrolling'dan himoya qiluvchi funksiyani taqdim etdi

Google kompaniyasi Android operatsion tizimiga foydalanuvchilarni keraksiz vaqt sarflashdan saqlovchi yangi "Pause Point" funksiyasini qo‘shdi. Ushbu yangilik foydalanuvchilarga o‘zlari uchun chalg‘ituvchi deb belgilangan ilovalarni ochganda 10 soniyalik tanaffus qilishni majburiy qilib qo‘yadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

TikTok, Instagram, X va YouTube kabi ilovalar ko‘pincha vaqtni o‘g‘irlaydigan algoritmlar tufayli foydalanuvchilarni o‘z domiga tortib oladi. "Pause Point" aynan shu jarayonni to‘xtatib, foydalanuvchiga ilovani ochishdan oldin o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi.

Google ushbu qadamni nafaqat foydalanuvchilarning ruhiy salomatligini o‘ylagani, balki ijtimoiy tarmoqlarning zararli ta’siri bo‘yicha kuchayib borayotgan xalqaro qonunchilik talablariga javob sifatida amalga oshirmoqda. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, maqsad odamlarga raqamli dunyodan uzilish va ongliroq qarorlar qabul qilish uchun vositalar taqdim etishdir.

Yangi funksiya ishga tushganda foydalanuvchiga nafas olish mashqlarini bajarish yoki scrolling o‘rniga foydaliroq mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish taklif etiladi. Masalan, tizim kitob o‘qish, fitnes yoki audiokitoblar kabi muqobil ilovalarni tavsiya qilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?