date

Florentino Perez: Hakamlar bizdan 18 ochkoni o‘g‘irlashdi

Florentino Perez: Hakamlar bizdan 18 ochkoni o‘g‘irlashdi

Real Madrid prezidenti Florentino Perez seshanba kuni o‘tkazilgan chiqishida LaLiga hakamlarini keskin tanqid ostiga oldi. U jamoasining chempionlik poygasidagi muvaffaqiyatsizliklarida bevosita hakamlar qarorlarini aybdor deb hisoblaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Perezning ta’kidlashicha, Real Madrid joriy mavsumda hakamlarning xatolari tufayli 18 ochkodan mahrum bo‘lgan. U o‘z faoliyati davomida klub atigi yetti marta chempion bo‘lganidan noroziligini bildirib, aslida bu ko‘rsatkich 14 ta bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, Perez Negreira ishi bo‘yicha ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U ushbu voqeani futbol tarixidagi eng yomon mojaro deb atadi va Barselona tomonidan hakamlar qo‘mitasi sobiq vitse-prezidentiga to‘langan mablag‘lar masalasi hanuzgacha ochiq qolayotganidan noroziligini yashirmadi.

Real Madrid rahbari Negreira davridagi hakamlar hamon faoliyat yuritayotganini mantiqsiz deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Barselona yillar davomida hakamlar xizmatidan foydalangan bo‘lsa-da, tizimda hech qanday jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Florentino Perez: Hakamlar bizdan 18 ochkoni o‘g‘irlashdi