Albertini Sakki Milan davrida taktikaga mukkasidan ketganini aytdi

Demetrio Albertini 1988–2002 yillarda “Milan” sharafini himoya qilgan va klub tarixining shu davrida eng mashhur murabbiylar qo‘l ostida ishlashga ulgurgan. Ular orasida Arrigo Sakki, Fabio Kapello hamda Karlo Anchelotti bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Albertini 1991 yilda “Milan”ni tark etib, Italiya terma jamoasini boshqarishga ketgan Sakkini alohida esladi.
“Sakki yaxshi ma’noda haqiqiy ‘manyak’ edi. Ko‘p bor meni chetga boshlab, gap boshlardi — mavzu doim taktika, sxemalar va harakatlar haqida bo‘lardi. U bularni nihoyatda ishtiyoq bilan tushuntirar, ko‘rsatib berardi, unda o‘yinga nisbatan kam uchraydigan, noodatiy ehtiros borligi sezilib turardi”, — deya Albertinining so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Hozirda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!