date

Jek Grilish oyog'idan operatsiya bo'lganini ma'lum qildi

Jek Grilish oyog'idan operatsiya bo'lganini ma'lum qildi

"Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish jarohat olgan oyog'idan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. 30 yoshli vinger bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi mavsumni bunday yakunlashni istamaganini, biroq vaziyat shunday kechganini ta'kidladi. Grilishning yozishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o'tgan va endi u tiklanish jarayoniga e'tibor qaratadi. Shuningdek, u yanada kuchli qaytib, maydonda yanada yaxshi natijalar ko'rsatishga va'da berdi hamda qo'llab-quvvatlov uchun muxlislarga minnatdorlik bildirdi.

Griilish joriy mavsumda "Everton" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jek Grilish oyog'idan operatsiya bo'lganini ma'lum qildi