The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning kuchli o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni mutlaq xolis tuzish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Redditdagi futbol muxlislari izohlarda qizg'in bahsga kirishib, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi bo'ldi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin mazkur reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing