Jek Grilish jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va ogohlantirdi

"Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish jarohatlangan oyogidan operatsiya qildirdi. Bu haqda 30 yoshli qanot futbolchisi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali maʼlum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Grilishning yozishicha, u mavsumni bunday yakunlashni istamagan, biroq futbol shunday. Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tgan, endi esa asosiy eʼtibor tiklanish jarayoniga qaratiladi. Futbolchi qo‘llab-quvvatlov uchun muxlislarga minnatdorlik bildirib, yanada kuchliroq qaytib, yaxshi natijalar ko‘rsatishga intilishini taʼkidladi.
Joriy mavsumda Grilish "Everton" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi 2 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing