date

Inter va Yuventus Bundesligadan himoyachi uchun kurashga tushdi

Inter va Yuventus Bundesligadan himoyachi uchun kurashga tushdi

Italiya A Seriyasining ikki grandi — Turinning «Yuventus»i va Milanning «Inter»i Germaniyaning «Volfsburg» klubida to‘p surayotgan Konstandinos Kulyerakisga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato jurnalistlari xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli grek futbolchisi bo‘yicha ehtimoliy transfer narxi 30–45 million yevro oralig‘ida baholanmoqda. Har ikki klub himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlari orasida aynan Kulyerakis nomini ko‘rib chiqmoqda.

Kulyerakis «Volfsburg» safiga 2024 yil yozida kelib qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter va Yuventus Bundesligadan himoyachi uchun kurashga tushdi