date

Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endilikda navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani talashadi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to'g'ridan to'g'ri chiqib bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni taqdim etdi. Dizayn qoramtir ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni o'ynaladi.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi